Xushxabar!!!


       O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi mukofoti Laureati» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi 16-18 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi.Mazkur tanlovning respublika bosqichida Xorazm viloyatidan matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha 6 nafar ilg‘or o‘qituvchilarimiz ishtirok etishdi.  

       Eng quvonarlisi Hazorasp tumani 1-IMI ning Fizika fani o‘qituvchisi Egamberdiyev Otabek Ro‘zimovich Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni va 30 000 000 so‘m pul mukofotini, Shovot tumanidagi Fizika, matematika va chet tillariga ixtisoslashtirilgan xalqaro maktab internatining matematika fani o‘qituvchisi Ixtiyor Matmuratov Quranboyevich Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni va 20 000 000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdilar. 

       Ustozlarning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilaymiz!