TUPROQQAL'A TUMANIDAGI "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI MUKAMMAL TA'MIRLANDI 


Joriy yil boshida o'tkazilgan fuqarolar tashabbusli byudjeti jarayonida "Sayapir" mahallasida joylashgan og'ir ahvoldagi "Barkamol avlod" bolalar maktabini rekostruksiya qilish taklifi tashabbuskor fuqarolar tomonidan ilgari surilib, 715 ta ovoz to'plab jamg'armadan 500 mln so'm mablag' ajratilgan edi.
Bugun maktab to'liq mukammal ta'mirdan qilinib, tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.