XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI VA DONGSHIN UNIVERSITETI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI


Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Koreya Respublikasining Dongshin universiteti o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Bitim tuzildi.
Ushbu Bitim tenglik va o'zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ma'ruzalar va simpoziumlar o'tkazish, akademik ma'lumotlar va materiallar almashinuvi, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi qoshida koreys tili darsini o‘tkazish uchun koreys tili o‘qituvchisini jo‘natish masalalarini ham o‘z ichiga oladi.