XORAZM VILOYATIDAGI MAXSUS MAKTAB-INTERNATLARIGA TIKUV MASHINALARI YETKAZIB BERILDI

 
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarni har tomonlama qo‘llab-kuvvatlash maqsadida bir qator me’yoriy hujjjatlar qabul qilinib, tegishli vazirlik va idoralar bilan xamkorlikda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
 
Xususan, Xalq ta’limi vaziri hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining tashabbusi bilan respublikamizdagi 86 ta imkoniyati chelangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning har biriga 5 donadan bepul tikuv mashinalari ajratish rejalashtirilgan edi. 
 
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va maktab-internatlari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida Yaponiya davlatida ishlab chiqarilgan tikuv mashinalaridan 20 donasi Xorazm viloyatidagi 4 ta maxsus maktab-internatlarga yetkazib berildi. Tikuv mashinalarini kecha, 19-sentabr kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Tillayev soha vakillari ishtirokida o‘z egalariga topshirdi.

 Urganch shahridagi 32-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 96-sonli kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Xiva shahridagi 97-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtioslashtirilgan maktab-internati hamda Xiva shahar "Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internati (ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internati) mas’ullari o‘quvchilari ishtirokida tikuv mashinalarini qabul qilib oldilar.

 Mazkur tashabbus o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va shu tariqa ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda samara berishiga ishonamiz.