“O‘ZBEK TILIM-IFTIXORIM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI


Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 30-may 169-sonli buyrug‘iga asosan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilim-iftixorim”Respublika insholar tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.Ushbu tanlovning Xorazm viloyati bosqichi joriy yilning 27-sentabr kuni o‘tkazildi.

 Tanlov natijalariga ko‘ra 

 Ta’lim oʻzbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida:

 Xiva shahar 17-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Munisa Rustamova, Urganch shahar 29-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Hadicha Qalandarova, Hazorasp tumani 2-maktabning 9-sinf o‘quvchisi O‘g‘iljon Baxtiyorova, Gurlan tuman 30-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Habiba Yunusbayeva, Bog‘ot tumani 26-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shoira Hayitbayevalar faxrli 1-oʻringa loyiq deb topildilar.

 Ta’lim rus va tojik tilida olib boriladigan umumta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida:

 Qo‘shko‘pir tumani 1-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Sug‘diyona Davletova, Urganch shahridagi 28- maktabning 8-sinf o‘quvchisi Regina Raxmatullina, Urganch shahridagi 30-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Niginabonu Xajiqurbonova, Urganch tumanidagi 46-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Klara Davletbayeva, Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahnoza Bekpo‘latovalar faxrli 1-oʻringa loyiq deb topildilar.

Bugun viloyat xalq ta’limi boshqarmasida g‘olib o‘quvchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlov g‘oliblari viloyat xalq ta’limi boshqarmasining diplomi bilan, o‘qituvchilar esa faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

TAQDIRLASH JARAYONIDAN FOTOLAVHALAR