Bayram arafasida bir guruh pedagoglar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami arafasida Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan tilimizni jamiyatda qadr qimmatini oshirishda, yosh avlod ongida ezgu amallarni shakllantirishda oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan bir guruh pedagoglar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar:
1.  Qalandarova Zulxumor Samandarovna- Yangiariq tumanidagi 31-sonli Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
2.  Olimova Gulnora Shakirovna- Xonqa tumanidagi 36-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻzbek tili fani oʻqituvchisi
3. Artikova Yulduz  Sultonmuratovna - Urganch shahar 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Taqdirlangan ustozlarimizni yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!