MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH DAVR TALABI!

 
Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslikka doir qonun hujjatlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borilib, bunda majburiy mehnatning barcha shakllariga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularga barham berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan to‘liq amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratib bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, paxta yig‘im-terimi davrida bosh boshqarmaning Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan munosib mehnat sharoitlarini yaratish va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha monitoring tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiyasining qarorlariga amal qilgan holda paxta hosilini yig‘ib olish jarayonida majburiy mehnat holatlari haqida xabar qilish mexanizimini takomillashtirish maqsadida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan har bir tumanda ishonch telefonlari tashkil qilindi.
Aholini odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish yo‘nalishida xabardorligini oshirish borasida joriy yilning 9 oyi mobaynida ommaviy axborot vositalarida 11 marotaba chiqishlar, 351 marotaba ma’ruza va suhbat ko‘rinishida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Viloyatdagi barcha tuman shahar markazlari hamda odam gavjum joylarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikni targ‘ib qiluvchi 54 ta bannerlar o‘rnatildi, viloyat aholisiga 33144 dona flaer va bukletlar tarqatildi.Majburiy mehnatni oldini olish, bu borada tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishchi guruhi Xonka va Xiva tumanlari paxta dalalarida bo‘lishib, paxta yig‘im-terimi jarayoning borishi, terimchilar mehnatiga haq to‘lash, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, terim davomida bolalar mehnatidan foydalanmaslik, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar  berildi.