"VATAN TAQDIRI MENING QO‘LIMDA" MAVZUSIDAGI INSHOLAR KO‘RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBI KUTIB OLINDI


Xabaringiz bor, joriy yilning 8-9-noyabr kunlari Andijon viloyatida Xalq ta’limi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Vatan taqdiri mening qo‘limda" mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlov yakunlariga ko‘ra Xorazm viloyati Shovot tumani 28-son maktabning 10-sinf o'quvchisi Ruxshona Oktabrova faxrli 1-o‘rinni egallagan edi. 
Bugun g‘olib hamda ishtirokchi o‘quvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldi.
G‘olib o‘quvchini viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Shovot tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, maktab direktori va o‘qituvchilar kutib oldilar.
O‘quvchilarimizni erishgan yutug‘i bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.