"O‘ZBEK TILIM-IFTIXORIM" TANLOVNING RESPUBLIKA BOSQICHI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, "O‘zbek tilim-iftixorim" mavzusida 9-10-11-sinf  o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichida xorazmlik o‘quvchilar ham faol ishtirok qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edilar.

Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan esselar natijalariga ko‘ra Gurlan tumanidagi 30-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Hilola Yunusboyeva faxrli 2-o‘rinni, ta’lim rus va qardosh tillarda olib oriladigan maktab o‘quvchilarining esselar natijalariga ko‘ra Urganch tumanidagi 46-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Klara Davletbayeva faxrli 2-o‘rinni egallagan edilar. 

Bugun viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Xalq ta’limi vazirligining diplom va estalik sovg‘alarini g‘olib o‘quvchilarimizga topshirdi.
O‘quvchilarimizni, ularning ota-onasi hamda ustozlarini yana bir bor ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!