KONFЕRЕNSIYA ISHTIROKCHILARI XIVA SHAHRIDAGI 11-SON UMUMTA’LIM MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI 

Xabaringiz bor, joriy yil 15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida YUNЕSKOning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bo‘yicha butunjahon konferensiyasi (Global forum) bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim sohasida siyosatni belgilashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda 150 ga yaqin davlat vazirlari, xalqaro tashkilotlarning rasmiy vakillari ishtirok etishdi. 

Bugun konferensiya ishtirokchilari tadbir doirasida Xiva shahridagi 11-son maktabga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar maktabda o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Darsdan so‘ng tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini kuzatdilar.
Tashrif jarayonida mehmonlar maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘ldilar.
Shuningdek, sport musobaqalarida bevosita ishtirok etib, milliy kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushdilar.
Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati