Boshqarmaning kegaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22-noyabr kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasining majlislar zalida boshqarmaning kegaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda qonun ustivorligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar  va ta’lim tizimidagi ayrim qonun buzilish holatlarining sodir qilinishi va uning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf qilish choralari to‘g‘risida targ‘ibot olib borildi.
Yig‘ilishda Xorazm viloyat sudining sudyasi O.Mahmudov, Urganch shahar sudining raisi M.Xasanov, Urganch shahar sudining sudyalari D.Po‘latova, E.Bobojonov, D.Naimov, Urganch shahar prokurori yordamchisi J.Sobirov va IIB xodimlari ishtirok qildilar va so‘zga chiqdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda Urganch shahar 18-son maktab o‘qituvchisi tomonidan sodir qilingan qonunbuzilish holati muhokama qilindi. 
O‘zaro savol-javob tarzida o‘tgan yig‘ilish yakunida barcha maktab direktorlariga ko‘rilgan masalalar va targ‘ibot yuzasidan har bir jamoada muhokama qilish va tushuntirish olib borish vazifasi yuklatildi.