XORAZMLIK O‘QUVCHINING OTASIGA XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN TASHAKKURNOMA YUBORILDI

Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 6-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Bekzod Maqsudovning otasi Alisher Azizjonov farzandini Xalqaro va Respublika darajasida yuqori natijalarga erishishda jonkuyarlik qilib kelayotganligi uchun Xalq ta’limi vazirligi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Tashakkurnoma o‘quvchining otasiga farzandini sifatli ta’lim olishi va iqtidorini har tomonlama ro‘yobga chiqarishdagi jonkuyarligi, ta’lim muassasasi bilan hamkorlikdagi faoliyatda tashabbuskorligi, jamiyatda o‘z fuqarolik burchi va mas’uliyatini anglab yetishiga mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lishida ota-onalik burchini sidqidildan bajarganligi uchun topshirildi.
O‘quvchimizni, uning ota-onasi hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.