“Bolalarga bering dunyoni” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi 

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ular qalbida yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida “20-noyabr - Butunjahon bolalar kuni” hamda “8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Shu munosabat bilan bugun Xonqa tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabida ko'rik tanlovning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. 
Tadbirda viloyat prokraturasi vakillari, tuman xalq ta'limi bo'limi hamda viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi xodimlari ishtirok qilishdi.
Ma'lumot uchun, ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etildi:
a) “Bola huquqlari”ga oid rasm;
b) “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” mavzusiga oid rasm.

Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida g‘oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.