XORAZM VILOYATIDA PEDAGOGLAR UCHUN ATTESTATSIYA JARAYONLARI BOʻYICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI


Joriy yilning 6-dekabr kuni Urganch shahridagi Ogahiy musiqa va drama teatrida umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun 2022-yil sentabr-dekabr oylarida oʻtkazilgan pedagoglar attestatsiyasi natijalari hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklar muhokamasiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.



Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlari sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i Safarali Xamrayev, Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Ravshan Ergashev, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Jamol Boltayev hamda hududdagi taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.



Tadbir davomida attestatsiyada Xorazm viloyatidan ishtirok etgan 16023 nafar pedagoglarning natijalari tahlil qilindi.



Shu bilan birgalikda, oʻqituvchilarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash jarayonlarini odilona baholash boʻyicha aniq tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Taʼlim inspeksiyasi vakillaridan koʻtarilgan masalalar boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.