XALQ TA’LIMI FIDOYILARI ESTALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDILAR


Bu yil Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga o‘ttiz yil to‘ladi. Shu sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etilgan.

Ushbu mukofot bilan taqdirlangan vohadoshlarimiz orasida Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 4 nafar xodimlarining borligi quvonarlidir. 

Тa’lim sohasida faoliyat yuritib, yosh avlod kamoloti yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan hamkasblarimizni yana bir bor ushbu mukofot bilan tabriklaymiz.
Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati