LOYIHADA ISHTIROK ETGAN MAKTABLARNING 73 FOIZI "ZAMONAVIY MAKTAB" SERTIFIKATLARINI QO‘LGA KIRITDI 

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Farmoni hamda “Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini “Zamonaviy maktab”lariga qo‘yiladigan talablar asosida baholash va muvofiqlik sertifikatini berish belgilangan.

2022-yilda Xorazm viloyatidan jami 110 ta ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tajribalar loyiha komissiyasi tomonidan o'rganildi. 
 
Bugun, 10-dekabr kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida loyihada yetarli ball to‘plagan muassasalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
 Loyiha yakunlariga ko‘ra viloyatimizdagi jami 80 ta maktablar “Zamonaviy maktab” sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Eng quvonarlisi shundaki, “Zamonaviy maktab” loyihasi bo‘yicha viloyatdan  ishtirok etgan jami 110 ta maktabning 80 tasi, ya’ni 73 foizi  “Zamonaviy maktab”  sertifikati bilan  taqdirlandi. BU KO‘RSATKICH ENG YUQORI HISOBLANIB, 2022-YIL NATIJALARI YUZASIDAN RESPUBLIKADA 1-O‘RIN HISOBLANADI.