Xorazm viloyati xalq ta'limi tizimida o'tgan o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi vazifalar

Bugungi kunda viloyatimizda jami 558 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib, shundan 542 ta maktab, 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 1 ta Bolalar kutubxonasi, 1 ta malaka oshirish faoliyat yuritib kelmoqda
2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarida 351 916 o‘quvchilarimizga   31626 nafar  (shundan, ayollar soni 23 893 nafar (70,4%) pedagog xodimlarimiz ta’lim-tarbiya berdilar.
 Viloyatda   o‘tgan o‘quv yilida  umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini yaxshilash,  maktablarni AKT bilan ta’minlash, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilda   viloyatda Investitsiya dasturi doirasida  21 ta , “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida viloyatdagi 19 ta, jami 40 ta maktabda qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi.
Jumladan,    2 ta yangi qurilish16 ta maktabda rekonstruksiya 22 ta maktabda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun 140 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  
Shuningdek, 2022 yilning  o‘tgan davri mobaynida viloyatimizda  umumiy o‘rta talim maktablarini "Tashabbusli byudjet" loyihalari uchun 24,8 mlrd. so‘m ajratilib,  ajratilgan mablag‘lar doirasida  ta’lim muassasalarini eski deraza va eshiklarini akfa oyna va eshiklariga almashtirish, sport zallari tomlarini ta’mirlash, koridor va sinf xonalarini isitish tizimlarini yangisiga almashtirish, qozonxona va isitish qozonlarini almashtirish, maktab atroflarini   o‘rash  ishlari olib borildi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish  bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” gi 2022 yil        3 fevraldagi  F-22-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Xorazm viloyati xalq ta’limi tizimida 2022 yilda rivojlantirish hududiy dasturi” tasdiqlanib dastur ijrosini ta’minlash, viloyat maktablarini  rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar  amalga oshirildi.
Jumladan, mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan viloyatdagi 34 ta maktabga  8,2. mlrd so‘mga mebel jihozlari, 5,2 mlrd so‘mga 52 ta maktabga kompyuter texnika  vositalari, shuningdek, 1,1 mlrd so‘m mablag‘ evaziga viloyatdagi  14 ta chet tiliga ixtisoslashtirilgan  maktablarning  chet tili xonalari  jihozlab berildi. Ushbu ishlarni amalga oshirish  uchun viloyat mahalliy budjeti mablag‘laridan jami 14,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi 
Shuningdek, umumta’lim maktablarida internet tezligini yaxshilash uchun  3,3 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar maxalliy budjet mablag‘laridan  2,3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
2018-2022 yillar davomida maktablarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 167 ta umumta’lim maktablariga ichimlik suvini tozalab beruvchi qurilmalar o‘rnatildi.
Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida umumta’lim maktablarining foydalanilmasdan turgan yer maydonlaridan davlat xususiy sherikchiligi asosida viloyatimizdagi maktablarining 279 tasida sun’iy qoplamali sport maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Tuman mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan 5 ta tashabbus doirasida  1,7 mlrd so‘mlik musiqa asboblari va sport anjomlari olib berildi. 
Viloyatimizda   ta’lim sifatini oshirish borasida ham bir qator yutuqlarga erishildi.
Jumladan, 2022 yil aprel oyida o‘tkazilgan pedagog xodimlar attestatsiyasi natijalariga ko‘ra oliy toifali o‘qituvchilar 9,1% dan 13,9% ga, birinchi toifali o‘qituvchilar 20% dan, 24% ga, ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilar 22,3% dan 31,6% ga o‘sishga erishilib, attestatsiya natijalariga ko‘ra viloyat respublikada birinchi o‘rinni egallab, 10 ta tuman TOP 20 talikdan o‘rin egalladi.
“Ustoz-2021” ko‘rik  tanlovining   respublika boqichida Urganch shahridagi 5-son umumta’lim maktabining ota tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Nilufar Olimova faxrli birinchi o‘rinni egallab 30 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
“Mening Prezidentim” Respublika ijodiy ishlar tanlovida Hazorasp tumanidagi 2-son maktabning 11-sinf o‘quvchisi Marvarid Rustamova faxrli  3-o‘rinni egalladi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 278 367 nafar o‘qituvchi va o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan 196 878   nafari ishtirokchi sertifikatiga,  160 301 nafari bitiruvchi sertifikatiga  ega bo‘lishdi. Viloyat o‘quvchilari respublikada bitiruvchi sertifikatlarini olib bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etishdi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchi sertifikatlarini qo‘lga kiritgan  244 nafar o‘quvchilar bugungi kunda   frilanserlik xizmatlari, dasturlash orqali 200 dollardan 600 dollargacha pul mablag‘lari ishlab topmoqdalar.
 Fan olimpiadasining  respublika bosqichida Xiva shahridagi “Nurli maskan” maktabi o‘quvchilaridan  uch nafari faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. G‘olib o‘quvchilarning  ustozlaridan ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Sevinch Salaeva 25,5 mln so‘m, matematika fani o‘qituvchisi Nematjon Qlichev 9.mln so‘m  pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Xorijiy tillar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng mahoratli chet tili  o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovining  viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan          3 nafar o‘qituvchilarimiz mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan  xorij davlatlarida (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) ikki xaftalik malaka oshirish kurslarida  ishtirok qilmoqdalar.
O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman, viloyat bosqichi g‘olib maktab jamoalariga jami 3 mlrd 525 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, viloyatdagi Zaif eshituvchi bolalar va Kar soqov bolalar uchun maxsus maktab-internatlariga barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berildi. 
 “Zamin” fondi tomonidan  Zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati  918,2 mln. so‘mlik, Kar soqov bolalar maxsus maktab-internati 918,2 mln so‘mlik,   jami 1 mlrd836 mln. so‘mlik   maxsus kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi. 
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatining nogironligi bor 144 nafar, Kar soqov bolalar uchun maxsus maktab-internatining nogironligi bor  226 nafar, jami  viloyat bo‘yicha 370 nafar bolalarga  maxsus eshitish uskunalari berildi. 
Viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida 2022 yil 5 sentabr kuni “Bilimlar kuni” tadbirlari va “Mustaqillik darslari” Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim qilingan tavsiyalar, tezislar va taqdimot, targ‘ibot vositalari asosida o‘tkazildi. 2022-2023 o‘quv yilida elektron bazaga kiritilgan 364 ming 655 nafar o‘quvchi ta’lim olishi kutilmoqda. Bu yil viloyatdagi maktablarning birinchi sinflariga qabul qilingan 37 ming 362 nafar o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari to‘liq tarqatildi. “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda 9800 nafardan ortiq ota-onalar va jamoatchilik vakillari qatnashdilar. Tadbirlarda ishtirok qilish va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklash uchun har bir maktabga mahalliy hokimliklar va idora tashkilot rahbarlari biriktirildi. 586 nafar ichki ishlar xodimlari xavfsizlikni ta’minlashga jalb qilindilar. “Bilimlar kuni” tadbirlari yakunlangandan keyin “Mustaqillik dars”lari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazildi. 2022-2023 o‘quv yili viloyatimizdagi 542 ta maktablarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilgan Mustaqillik darslari maktab direktori, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix, ona tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari hamda sinf rahbarlari tomonidan olib borildi. “Mustaqillik darslari”da o‘quvchilarga xalqimizning 31 yil davomida erishgan yutuqlari, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati borasida keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek, umumta’lim maktablariga tashrif buyurgan sektor rahbarlari ham “Mustaqillik darslari”da ishtirok etib, o‘quvchilarga mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususan so‘nggi yillarda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatgichlar va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.