1-SINFGA ONLAYN-QABUL TIZIMI ISHGA TUSHIRILDI


Hurmatli ota-onalar! 2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirishingiz mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi  va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjud. 
Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki  71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.