“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYININING VILOYAT BOSQICHI G'OLIBLARI ANIQLANDI

Xabaringiz bor, bugun "Zakovat" intellektual o'yinining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqada tuman va shahar bosqichda faxrli 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan jamoalar oʻzaro kuch sinashdi. 
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra faxrli 1-oʻrinni Gurlan tumani 6-son maktаb jamoasi, 2-oʻrinni Gurlan tumani 24-son maktab jamoasi, 3-oʻrinni Yangiariq tumani 5-son maktab jamoasi egalladi.Gʻolib jamoalarga musobaqaning respublika bosqichida omad tilab qolamiz.