VILOYAT XALQ TA’LIMI VA EKOLOGIYA BOSHQARMALARI MAS’ULLARI HAMKORLIGIDA KO‘CHAT EKISH TADBIRI O‘TKAZILDI

Xabaringiz bor, jonajon O‘zbekistonimizni yanada obod etish, ko‘kalamzorlashtirish va tabiatini asrab-avaylash maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi e’lon qilindi. Bugun Gurlan tumanidagi 3-umumta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi va ekologiya boshqarmalari hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida maktabning bo‘sh turgan yer maydoniga, ushbu maydonga mos sanalgan daraxt ko‘chatlarini ekish tadbiri tashkil etildi. Ushbu aksiya doirasida rejalashtirilgan tadbir respublikamizning barcha viloyatlarida bir vaqtda bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Ekologiya boshqarmasi xodimlari va maktab jamoasi faol ishtirok etib, 30 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar. Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar tomonidan mana shunday aksiyalar nafaqat maktablarni obodonlashtirishga, balki o‘quvchi-yoshlarlarning ham tabiatga bo‘lgan muhabbatlarini oshirishga va ularda atrof muhitni asrab-avaylash tuyg‘ularini shakllantirishga katta hissa qo‘shishi ta’kidlandi. Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati 👉@Xorazm_XTB