Bu yil Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga o‘ttiz yil to‘ladi. Shu sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etilgan.
Ushbu mukofot bilan taqdirlangan vohadoshlarimiz orasida Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 4 nafar xodimlarining borligi quvonarlidir.
Тa’lim sohasida faoliyat yuritib, yosh avlod kamoloti yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan hamkasblarimizni yana bir bor ushbu mukofot bilan tabriklaymiz.



